БИР САФДА

оммавий-ижтимоий ва адабий-бадиий журнал

 

MATEMATIKAGA OID QIZIQ FAKTLAR

Biz har kuni matematikaga doir holatlar bilan to’qnashib yashaymiz. Bejiz uni “fanlar otasi” deb atashmaydi. Raqamlar bizni har qadamda “ta’qib” qiladi va ularsiz zamonaviy hayotni tasavvur qilish qiyin. Quyida matematikaga doir qiziq ma’lumotlar bilan tanishamiz.

1. Eng katta son – tsentilion.

2. Qadimgi misrliklarda ko’paytirish jadvali va boshqa matematikaga doir qoidalar bo’lmagan.

3. Statistik hisob-kitoblarga ko’ra, aksariyat matematiklarning maktab davrida xulqi yaxshi bo’lmagan ekan.

4. Amerikalik olimlarning fikricha, imtihon vaqti saqich chaynash yaxshi baho olish ehtimolini oshiradi.

5. 0 bir necha nomlar bilan ataluvchi yagona sondir.

6. “Algebra” so’zi butun dunyoda bir xil talaffuz qilinadi.

7. Pitsani uch harakat bilan 8 ta bir xil bo’lakka bo’lish mumkin.

8. 0 sonini Rim raqamlarida yozib bo’lmaydi.

9. Mashhur yozuvchi Lyuis Kerroll asli britaniyalik matematik bo’lgan.

10. Aynan matematika tufayli mantiq fani paydo bo’lgan.

11. Lahza  0,01 soniyaga teng.

12. Iskandariyalik Gipatiya matematika bilan shug’ullangan birinchi ayoldir.

13. Barobar (=) belgisi XVI,  manfiy sonlar esa  XIX asrga kelib paydo bo’lgan.

14. Evklid matematikaga katta hissa qo’shgan va biz hamon uning izlanishlaridan foydalanamiz. Biroq Evklidning o’ziga doir hech qanday ma’lumotlar saqlanib qolmagan.

MANTIQIY BOSHQOTIRMALAR

         1. O’rmonga o’t ketib, yong’in egallagan maydon har bir soatda ikki marta ortib bormoqda. Bunday yonishda 8 soatda butun o’rmon yonib bo’lishi mumkin. O’rmonning yarmi necha soatda yonib bitadi?

         2. Maktabda o’tkazilgan bayramda jami 100 kishi qatnashdi. Bayramda qatnashgan o’quvchilar soni ota-onalardan ikki marta ortiq, ota-onalar soni esa o’qituvchilardan uch marta ko’p. Bayramda necha nafar o’quvchi, ota-ona va o’qituvchi ishtirok etgan?

         3. 0, 5 va 8 raqamlarini qo’llab necha xil uch xonali sonni yozish mumkin?

Изох қўшиш

Химоя коди
Янгилаш